Shuhrat Maqsudov 10:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Futbolchilarga rahmat!"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2021, 22:02
Coca Cola O'zbekiston Kubogining 1-turidan o'rin olgan Rubin - Bunyodkor (0:10) uchrashuvidan keyin qaldirg'ochlar ustozi Shuhrat Maqsudov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi g'alaba bilan barchani, xususan rahbariyatimizni, futbolchilarimizni, klub xodimlarini va albatta muxlislarimizni tabriklayman! Rubin jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman! G'alaba albatta barcha murabbiyni xursand qiladi. Biz boshqa o'yinlar kabi mazkur bellashuvga ham jiddiy qaradik. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga raqib 1-liga vakili deb mensimaslik yaxshi oqibatga olib kelmasligini, o'yin davomida vaziyatni o'zgartirish qiyin bo'lishini tushuntirdik. Futbolchilarga rahmat aytaman! Ko'rsatmalarimizni oxirigacha bajarishdi. 

So'g'diyonaga qarshi o'yingacha to'rt kunimiz bor. Jizzax jamoasi jiddiy raqib, yaqindagina Superliga doirasida ular bilan o'ynagandik. Raqibning kuchini juda yaxshi bilamiz. Ertadanoq mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia