"Sho'rtan"ni 8 nafar futbolchi tark etadi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2016
G'uzorning "Sho'rtan" klubi 2016 yilgi mavsumni 9-o'rinda tugatdi.

"Mavsumni 9-o'rinda tugatdik. Endi yangi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyi o'rtalarida boshlaymiz. Avvalo barcha qarzdorliklardan qutulmoqchimiz. Nasib qilsa yangi yil bayramigacha barchasi ijobiy hal qilinadi. Jamoa murabbiylar shtabi o'z o'rnida qoladi. Faqat maslahatchi murabbiy qidirayapmiz. U xorijlik bo'lmaydi. "Sho'rtan"ni 8 nafar futbolchi tark etishi aniq, faqat ularning familiyasini hozir ayta olmayman", - deydi "Sho'rtan" klubi ijrochi direktori Shodi Nomozov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia