"Sho'rtan" Toshkentda bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 14:38
Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarliklarning ikkinchi bosqichini davom ettirayapti.
Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar guruhining ish rejasiga ko'ra, bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ham rejaga kiritilgan. Hozir ana shu uchrashuvlardagi raqiblar va ularni o'tkazish vaqti ma'lum bo'ldi.

Demak, “Sho'rtan” jamoasi 9 yanvar kuni Olmaliq shahridagi yangi qurilgan sun'iy qoplamali maydonda “Olmaliq” klubiga qarshi, 12 yanvar kuni esa “Obod” jamoasiga qarshi. Bu uchrashuv ham sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi.

Ikinchi bosqich tayyorgarliklari 16 yanvar kuni nihoyasiga etadi va futbolchilarga to'rt kunlik qisqa tanaffus beriladi.

Mavsumga tayyorgarliklarning uchinchi bosqichi 20 yanvardan 1 fevralga qadar yana Toshkent shahrida davom ettiriladi. Ana shu vaqt mobaynida yana to'rtta nazorat uchrashuvlari o'tkazish muljallangan. Demak, uchrashuvlar 22 yanvar kuni "Qo'qon-1912", 25 yanvar kuni "Neftchi", 28 yanvar kuni "Metallurg" va 31 yanvar kuni "Andijon" jamoalariga qarshi o'tkaziladi. Ushbu uchrashuvlar o'tkaziladigan stadionlar keyinchalik tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan aniqlab olinadi.

Yana bir yangilik, yaqin kunlarda “Sho'rtan” safiga ikki legioner ko'rikdan o'tish uchun kelishi kutilmoqda. Hozirgi kunlarda ushbu legionerlarning yurtimizga kelish viza masalalari hal qilinmoqda. Bu legionerlarning biri yevropalik, ikkinchisi osiyolik bo'ladi. Biz bu legionerlar haqidagi aniq ma'lumotni keyingi xabarlarimiz orqali etkazamiz.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcshurtan.uz