

Bu gal G'uzorning "Sho'rtan" klubi rahbariyatida ham o'zgarish bo'ldi. Klub bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan Shodi Nomozov oliy liga tur doirasidagi “Sho'rtan” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng, salomatligi tufayli ishdan ketdi.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, “Sho'rtan” PFK bosh direktori vazifasini vaqtinchalik jamoa sport direktori Viktor Aleshnikov bajaradi.
Fahriddin Choriev.



