Shomurodov to'liq o'ynagan o'yinda “Rostov” zafar quchdi, Galiulin jamoasida ham g'alaba

Aslanov Jasurbek
18 fev 2018, 08:23
Shu kunlarda Rossiya klublari Rossiya chempionatining qolgan ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rishyapti.

Jumladan, “Rostov” klubi kecha Ispaniya yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvida Norvegiyaning “Olesunn” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Rostovliklar tarkibida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'liq harakat qildi. 

O'rtoqlik o'yinlari

Rostov Rossiya – Olesunn Norvegiya – 2:1 (2:0)

Gollar: (“Rostov”) 1:0 – Ingason (34), 2:0 – Zuev (39).

“Rostov”: Pesyakov (Ermakov, 46), Pliev, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Skopincev, Chuperka, Eldor Shomurodov, Gackan, Zuev, Sigurdarson (Mayer, 83).

Yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin to'p tepayotgan “Tosno” klubi esa Armanistonning “Bananc” jamoasi darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritdi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Vagiz 67-daqiqada o'z o'rnini Mirzovga bo'shatib berdi. Aynan Mirzov “Tosno”ning so'nggi goliga mualliflik qildi. 


Tosno Rossiya – Bananc Armaniston – 4:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – Truich (16), 2:0 – Dugalich (42), 3:0 – Jigulev (69), 4:0 – Mirzov (76). 

“Tosno”: Oparin, Buyvolov, Margasov, Chernov, Dugalich, Vagiz Galiulin (Mirzov, 67), Nunu Rosha (Troshechkin, 84), Poletanovich (Jigulev, 51), Rikardinyu (Karnickiy, 67), Melkadze (Pogrebnyak, 46. Palienko, 72), Truich (Skvorcov, 72).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif