Shahzoda Ali Bin Husayn: "Bunyodkor" stadioni jahon talablariga to'la javob beradi"

Narzulla Saydullayev
10 sen 2013, 18:14
Xabar berilganidek, FIFA vice-prezidenti hamda Iordaniya Futbol Uyushmasi prezidenti Shaxzoda Ali bin Husayn JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvi - O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari uchrashuvini tomosha qilish uchun Toshkentga yetib keldi.
Shaxzoda Ali bin Husayn bugun O'FF prezidenti Mirabror Usmonov hamrohligida Toshkentdagi Bunyodkor stadionini borib kuzatadi.

Martabali mehmon stadion haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunyodkor" stadioni ajoyib inshoot. Bu o'yingoh jahon standatlariga to'la javob beradi. Menga ayniqsa akademiya yoqdi. Ishonchim komilki bu yerda tahsil olgan yosh futbolchilar kelajakda O'zbekistonga katta foyda keltiradi".

Shaxzoda Ali bin Husayn bugungi o'yindan oldin quyidagilarni ma'lum qildi: "Men bugun qiziqarli o'yin bo'lishini kutayapman. Ikkala jamoaga omad". 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia