Shahzod Nurmatov "Nasaf"da paydo bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2015, 01:05
"Metallurg" hujumchisi Shahzodbek Nurmatovga Qarshining "Nasaf" jamoasi qiziqmoqda.

"Nasaf" jamoasi o'z hujum chizig'ini bekobodlik futbolchi Shahzod Nurmatov bilan kuchaytirib olishi mumkin.

Birinchi davrada "Nasaf"ning hujum chizig'ida muammolar yuzaga kelgandi. Aftidan hujum chizig'idagi kamchiliklar Shahzod Nurmatov orqali berkitiladigan ko'rinadi.

Eslatib o'tamiz, Shahzodbek Nurmatov bergan intervyularida bir necha bor "Nasaf"dan jiddiy taklif tushadigan bo'lsa, unda "ajdarlar" safiga o'tishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia