"Sevilya" va "Valensiya" Chicharito uchun kurashadi

Tolibjon Qosimov
10 okt 2016, 14:54
"Sevilya" va "Valensiya" jamoalari "Bayer" hujumchisi Xaver Ernandesni sotib olmoqchi.
Manbaning ma'lum qilishicha, nemis klubi futbolchi uchun 45 million evro olishni mo'ljallagan.

Hozircha, ispanlar ushbu transferni amalga oshirish maqsadida shuncha sarflashlari noma'lum. Bundan tashqari, Ernandes Germaniyadan ketish haqida so'z ochmayapti.

Bundesliganing joriy mavsumida Chicharito besh o'yinda beshta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS