"Sevilya" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

23 iyul 2019, 21:30
"Sporting" yarim himoyachisi Nemanya Gudel "Sevilya" o'yinchisiga aylandi.

Gollandiya fuqaroligini olgan serbiyalik 4 yillik shartnoma imzoladi. Bu "andalusiyaliklar" uchun mavsum oralig'ida qilingan 10-transfer bo'ldi.

 27 yoshli xavbek o'tgan mavsum Portugaliya chempionatining 27 yo'inida maydonga tushib 1 tadan gol va assist muallifiga aylangandi. Shuningdek, 13 marotaba hakam tomonidan ogohlantirildi.


O'xshash yangiliklar


Manba: sevillafc.es