“Sevilya” “Lacio” yarim himoyachisiga ko'z tikdi

3 iyul 2019, 09:45
Luis Alberto Andalusiya klubi nazariga tushdi.

“Lacio” prezidenti Klaudio Lotito Luis Alberto transferi bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Agar “Sevilya” futbolchi uchun 25 mln evro to'lashga rozi bo'lsa, rimliklar Alberto transferiga ruxsat beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Luisning o'zi ham La Ligada to'p surishni xohlamoqda. Uning Rim klubi bilan amalda 3 yillik shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazetta.it