Serxio Regilon: "Sevilya" Yevropa Ligasida g'olib chiqishni istaydi"

Aslanov Jasurbek
7 avg 2020, 07:40
"Sevilya" futbolchisi Serxio Regilon Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun har tomonlama yaxshi to'p tepdik. Bu oqshomdan zavqlanamiz, kuch va quvvat olamiz. Umid qilamanki, bir necha kundan so'ng navbatdagi uchrashuvga tayyor bo'lamiz. Butun jamoa, maydonda to'p tepgan, tepmagan barcha bilan faxrlanaman. Nima so'z bilan tariflaganda ham biz bir jamoamiz. "Sevilya" ushbu musobaqada g'olib chiqishni istaydi", - deydi Regilon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru