Serxio Ramosda jarohat bor, u keyingi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2021, 07:08
"Real" futbolchisi Serxio Ramosda tizzasi bilan bog'liq muammolar bor.

U Ispaniya Superkubogi yarim finali oldidan tizzasida muammolarni his qildi va chigalyozdi mashg'ulotlardan chiqib ketdi. Ammo klub shifokorlari bilan maslahatlashganidan so'ng o'ynashga qaror qildi. 

"Real" sardori ushbu o'yinni og'riqni qoldiruvchi dorilar yordamida o'tkazdi. Shu sababli u kelasi o'yinni o'tkazib yuborishi ehtimoli katta.

Madridliklar navbatdagi o'yinni Ispaniya kubogi doirasida chorshanba kuni "Alkoyano"ga qarshi o'tkazishlari lozim.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca