Sergey Lushchan: "Terma o'yinidan ikki kun o'tib bizning uchrashuv bo'lishi faqat bizda bo'lsa kerak"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2017, 19:57
"Obod" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun "Obod" futbol o'ynadi. Ikkinchi jamoa esa futboldan keyin tiklandi. Bugungi tarkibdan 7 nafar futbolchini faqat kecha ko'rdik. Shu bois tarkibni ham, taktikani ham o'zgartirishga majbur bo'ldik.

37-daqiqada taktikani o'zgartirdik va biroz o'zimizga keldik.

Yosh futbolchilarni yulduz qilib qo'yganlarda ham ayb bor. Shomurodov, Hamdamov kabilar hali mashina o'yinchoq o'ynashi kerak.

28 mart kuni terma jamoa o'ynamoqda, 30 martda "Bunyodkor" o'ynamoqda. Faqat bizda shunday bo'lishi mumkin. Terma jamoadan kelgan futbolchilar negadir o'zgarib qaytishadi, xuddi hozir maydonga tushib barchani hal qilib tashlaydigandek.

Tarkibimizda bor bo'lgan futbolchilarga ishonaman. Qaysi yilda tug'ilganidan qatiy nazar o'zini ko'rsatdimi uni maydonga tushiraman. Yulduz bo'lib qolgan futbolchilar o'ylab ko'rishsin, kimdir keyingi o'yinlarda zaxiraga o'tirishi mumkin.

Bizda yetakchilar yo'q. Oldin Mirjalol Qosimov bor edi, u yetakchi edi doim barchani ortidan ergashtira olardi. Jeparov ham shunday edi", - deydi Sergey Lushchan.  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia