Sergey Lushan: "Qiyin o'yinda g'olib bo'ldik"

Narzulla Saydullayev
11 mar 2016, 19:50
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Sergey Lushan qatnashdi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi. "So'g'diyona" o'tgan yilgidek bizga juda qattiq qarshilik ko'rsatdi. Bu jamoa o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon bermayapti. Natijadan qoniqdim. Keyingi bahsni 4 kundan so'ng o'tkazamiz, mehnat qilishda davom etamiz. O'yinimizdan va natijadan qoniqdim. Bir qator futbolchilarga dam berdik, o'yinchilarga teng ravishda yuklama berayapmiz. Maqsadimiz barcha musobaqalarda g'olib bo'lish", - deydi Lushan.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia