Sereso Grizmanning kelajagi borasida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
24 mar 2018, 14:46
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso hujumchi Antuan Grizmanning kelajagi borasida ma'lumot berdi.

"Bilaman, Grizmann "Atletiko"da qoladi. Uning kelajagi borasidagi hech qaysi jihatlar o'zgarmadi - uning shartnomasi bor. Jahon chempionatigacha hech nima hal bo'lmaydi. U bilan gaplashib oldik, biroq hozircha bu borada hech nima deya olmayman", - dedi Sereso.

Oldinroq 26 yoshli futbolchi mundial boshlangunga qadar o'zining kelajagi borasidagi yakuniy qarorni e'lon qilishi haqida aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es