Serbiyaga muddatidan oldin JCH yo'llanmasi nasib etmadi

7 okt 2017, 01:56
JCH-2018 saralash bahsi Yevropa mintaqasida 9-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

D guruhi yetakchisi Serbiya terma jamoasi safarda Avstriyaga imkoniyatni boy berdi. Gollarga boy bo'lgan bellashuvda avstriyaliklar 3:2 hisobida g'olib chiqishdi. Guruhning yana bir bahsida Irlandiya o'z maydonida Moldaviyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

JCH-2018 - Yevropa. D guruhi. 9- tur

Avstriya – Serbiya 3:2

Gollar: 0:1 – Milivoevich – 11, 1:1 – Burgshtaller – 25, 2:1 – Arnautovich – 76, 2:2 – Matich – 83, 3:2 – Shaub – 89

Irlandiya – Moldaviya 2:0

Gollar: 1:0 – Myorfi – 2, 2:0 – Myorfi – 19

Turnir jadvali:

1. Serbiya - 18 ochko;

2. Uels - 17;

3. Irlandiya - 16;

4. Avstriya - 12;

5. Gruziya - 5;

6. Moldaviya - 2.


O'xshash yangiliklar