Sebalos mushak jarohati tufayli safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2025, 18:41
Dani Sebalos jarohat tufayli 2 oy jamoaga yordam bera olmaydi.

"Real" yarim himoyachisi mamlakat kubogi yarim finali doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda (1:0) Takefusa Kubo bilan to'qnashib ketdi va 89-daqiqada zaxiraga olindi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida shu ma'lum bo'ldiki, Sebalos chap oyoq son mushagini shikastlab olgan.

Jurnalist Arancha Rodrigesning xabariga ko'ra,ispaniyalik taxminan ikki oy jamoaga yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS