Sarri: “Azar hammasini o'zi hal qilishi kerak”

9 fev 2019, 09:42
“Chelsi” ustozi Eden Azar kelajagi haqida hech narsa bilmasligini ma'lum qildi.

“Men har kuni Azar bilan gaplashaman, faqat uning maydondagi o'rni haqida. Kelajagi haqida esa umuman gaplashmaymiz. U qolishni xohlasa, baxtli bo'lardim. Chunki u Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi. Ammo bu uning ishi. Uni baxtli ko'rishni istayman, shuning uchun Azar hammasini o'zi hal qilishi lozim”,-dedi Sarri.

Avvalroq Azarning mavsum so'ngida “Real”ga ketishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD