Sanchoning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi

Alisher
8 mar 2021, 18:00
Dortmundning "Borussiya" klubi sport direktori Maykl Cork Jeydon Sanchoning jarohati kutilganidan jiddiy bo'lib chiqqanini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Sancho ertaga bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Vinger shundan so'ng "arilar"ning yana bir nechta o'yinlarida ham maydonga tushmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Sancho "Bavariya" (2:4)ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.

Futbolchi joriy mavsum "Borussiya" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 16ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker