Sami Xedira: Men Oltin to'pni Buffonga bergan bo'lardim

Narzulla Saydullayev
25 okt 2016, 09:15
Yuventus yarim himoyachisi Sami Xedira Oltin to'pga da'vogarlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ko'plab futbolchilar Oltin to'pga loyiqlar, ular orasida Buffon ham bor. U 20 yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda.

Biroq Krishtianu Ronalduni ham unutmaslik kerak. U bilan Realda besh yil birga o'ynadim. Bu yil Ronaldu YCHLni va Yevropa chempionatini yutdi, ko'p gollar urdi. U fantastik futbolchi.

Shuningdek Messi va Neymar ham bor. Dunyoda bu sovrinni olishi mumkin bo'lgan ko'plab futbolchilar bor.

Agar qarorni men qabul qilganimda Oltin to'pni Buffonga topshirardim - bu uning uchun ham, jamoamiz uchun ham ajoyib bo'lardi.

Ammo ushbu sovrinda raqobat juda kuchli, - deydi Xedira.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net