Sami Xedira: Men Oltin to'pni Buffonga bergan bo'lardim

Narzulla Saydullayev
25 okt 2016
Yuventus yarim himoyachisi Sami Xedira Oltin to'pga davogarlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ko'plab futbolchilar Oltin to'pga loyiqlar, ular orasida Buffon ham bor. U 20 yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda.

Biroq Krishtianu Ronalduni ham unutmaslik kerak. U bilan Realda besh yil birga o'ynadim. Bu yil Ronaldu YCHLni va Yevropa chempionatini yutdi, ko'p gollar urdi. U fantastik futbolchi.

Shuningdek Messi va Neymar ham bor. Dunyoda bu sovrinni olishi mumkin bo'lgan ko'plab futbolchilar bor.

Agar qarorni men qabul qilganimda Oltin to'pni Buffonga topshirardim - bu uning uchun ham, jamoamiz uchun ham ajoyib bo'lardi.

Ammo ushbu sovrinda raqobat juda kuchli, - deydi Xedira.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net