Salvatore Sirigu "Roma"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 dek 2015
PSJ darvozaboni Salvatore Sirigu qishda Fransiya klubini tark etmoqchi, deb xabar bermoqda France Football nashri.

Italiyalik posbon "Roma", "Milan", "Nyukasl" yoki "Aston Villa"ga o'tishi mumkin. Sirigu Evro-2016ga borish uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun PSJdan ketmoqchi. Siriguni xarid qilish uchun asosiy davogar "Roma" hisoblanadi. Rim klubi allaqachon rasmiy taklif bilan chiqdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: francefootball.fr