Ryudiger Pavarga: "Uzr so'rayman. Buni ataylab qilganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2018, 16:44
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger Fransiyaga qarshi bahsdan (0:0) so'ng, raqib jamoa futbolchisi Benjamen Pavardan kechirim so'radi.

Eslatib o'tamiz, nemis futbolchisi butsasi tishi bilan fransiyalik himoyachining bo'yniga shikast etkazgan edi.

"Benjamen, kechirim so'rayman. Buni ataylab qilganim yo'q.

Ushbu vaziyatdan so'ng tezda Pavardan uzr so'radim. U tezroq sog'ayib ketishini tilayman" - deydi Ryudiger.

Germaniya terma jamoasining Millatlar ligasidagi keyingi o'yini 13 oktyabr kuni Gollandiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Fransiyaliklarning Gollandiyaga qarshi o'yini esa 9 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com