

Ushbu o'yindan keyin Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Standartlar ustida ham ko'p ishlagandik, gol urilgan vaziyatda uzatma ham chiroyli chiqdi, raqiblar ham omadli tarzda meni o'tkazib yuborishdi", - deb gap boshladi Rustam Ashurmatov.
- Gol urganda ichingizda qanday hissiyotlar o'tdi?
- Shunchaki o'zimga bo'lgan ishonch ortdi. Maydonga tushsam, jamoaga yordam berishni istayman. Alhamdulilloh gol urdim. Har bir o'yinda uch ochko olish uchun maksimal harakat qilamiz.




