Ruminiya - Argentina uchrashuvida Messi qatnashishi shart

Narzulla Saydullayev
28 dek 2013, 11:02
Argentina va Ruminiya o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.
O'yin 2014 yil 5 mart kuni Buxarest shahridagi "Nacional" stadionida bo'lib o'tadi. Tomonlar kelishuvga erishishdi, unga ko'ra bahsda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ishtirok etishi shart.

Argentina terma jamoasi JCH 2014 ishtirokchisi hisoblanadi. Mundialda Messi jamoadoshlari Bosniya va Gertsegovina, Eron, Nigeriya bilan bir guruhdan o'rin olishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com