RPL. “Zenit” uyda “Ural”ni parchalab tashladi. Azmunda xet-trik, Dzyubada esa dubl

Eldor Akmurzayev
14 mar 2020, 20:30
Rossiya chempionatining 22-turi doirasida peshqadam “Zenit” o'z maydonida “Ural”ni qabul qilib, 7:1 hisobi bilan zafar quchdi.

Mezbonlar safida Sardor Azmun xet-trikka erishgan bo'lsa, Artyom Dzyuba o'z nomiga dubl rasmiylashtirdi. Shuningdek, Malkom peterburgliklar safida ilk golini urishga erishdi. Yana bir to'pga esa Sebastyan Driussi mualliflik qilgan. Raqiblardan javob golini Andrey Panyukov urdi.

Zenit – Ural 7:1 (4:0, 3:1)

Gazprom Arena

Gollar: 1:0 – 8 Azmun, 2:0 – 12 Dzyuba, 3:0 – 15 Azmun, 4:0 – 27 Malkom, 5:0 – 61 Azmun, 5:1 – 65, penalti Panyukov, 6:1 – 69 Driussi, 7:1 – 72, penalti Dzyuba.

Zenit – Lunev, Ivanovich, Duglas Santos, Rakickiy (Kuzyaev, 80), Jirkov (Musaev, 46), Malkom, Ozdoev (Shamkin, 73), Karavaev, Azmun, Dzyuba, Driussi.

Ural – Godzyur, Kalinin, Mamin, Vilyush (Polyakov, 46), Kulakov, Egorychev, Bikfalvi, Efremov (Yusupov, 55), Dimitrov (Shabolin, 67), Augustynyak, Panyukov.

Ogohlantirishlar: Kalinin (62), Musaev (75).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia