Ro'ziqul Berdiev: “Raqibning golidan keyin “uyg'ondik”

Narzulla Saydullayev
13 sen 2015, 10:31
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiysi Ro'ziqul BERDIEV o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-“Sho'rtan”ning goli bizning futbolchilarni uyg'otdi. Ungacha futbolchilarimiz “uxlab” o'ynadi. Tezkor javob goli biz uchun foydali bo'ldi. Ikkinchi bo'limni bexato o'tkazdik va irodali g'alabaga erishdik.
 
-Keyingi uchrashuvda Hamza Karimov va Roy Rokni ko'ramizmi?
 
-Roy Rok tibbiy ko'rik bo'yicha muammolarini hal qila olmayapti. Hamza Karimov mashg'ulotda jarohatini yangilab oldi.
 
 -“Lokomotiv” bilan bizni kutayotgan ikkita og'ir o'yingacha futbolchilar tayyor bo'la olishadimi?
 
-“Lokomotiv” ham bugun og'ir o'yin o'tkazdi. Kubok finaliga chiqishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz