Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga munosib qarshilik ko'rsata olmadik"

7 apr 2015, 21:33
OCHL 4-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Al Ahli" bellashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinimiz bilan g'alabaga loyiq emasdik. Biz kutilgan va munosib o'ynay olmadik. Raqib yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Barcha futbolchilarimizda hayajon sezilib turdi. O'yinlar hali bor va kurash davom etadi. Bizlar o'z imkoniyatimiz darajasida o'yinga tayyorgarlik ko'rgandikk va shunga yarasha reja tuzdik. Bu musobaqa juda yuqori saviyadagi turnir. Bu yerda yuqori ijrochilar ko'p narsani hal etadi", - deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

- Artur Gevorkyan jamoaning yetakchisi. Lekin u bugun o'zidan kutilgan futbolni ko'rsata olgani yo'q.

- Artur jarohatidan endigina forig' bo'lib safga qaytgandi. Shuni bois u bugun o'z imkoniyatarini to'liq namoyish eta olmadi. Keyin shuni ham takidlashni istardim, bugun raqib jamoadagi zaxira futbolchilari o'yinni sezilarli darajada kuchaytirib yuborishdi. Bizning zaxiradagi futbolchilarimiz esa ishonchni oqlay olishmadi. 

- "Nasaf"ni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlarimiz uch soat avvalgidan ancha pasaydi. Lekin hali imkoniyatlarimiz bor va bu uchun kurashni davom ettiramiz. Bizning oldimizga hech kim yuqori maqsadlarni qo'ymagan. Lekin biz oxirigacha kurashamiz va guruhdan chiqishga harakat qilamiz.


Manba: championat.asia