Ro'ziqul Berdiev: “Yigitlarimiz o'yinga tayyor”

Narzulla Saydullayev
7 fev 2014, 19:42
Bugun o'tkazilgan o'yinoldi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” bosh murabbiyi jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa sardori Artur Gevorkyan ishtirok etishdi.
-Ertaga shiddatli va murosasiz bellashuvga guvoh bo'lamiz, -deya gap boshladi “Nasaf” ustozi. – Chunki har ikkala jamoaning ham maqsadi g'alaba qozonish. “Al Jaish” Qatarning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Shu bois o'yin oson kechmasligini his qilib turibmiz.  Biz ushbu o'yinga qadar Turkiya va BAAga o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bordik. O'ylaymanki, ertangi o'yinga jamoamiz har tomonlama tayyor. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

 -Pley off o'yinining bitta uchrashuvdan iborat ekanligini hisobga olsak o'yin 90 daqiqadan ko'proq davom etishi mumkin…
-Albatta buni ham hisobga olganmiz. Shu bois yig'inlarda jismoniy tayyorgarlikka asosiy e'tiborni qaratdik. Futbolchilarimiz bu kabi vaziyatlarga ham tayyor.

-Tarkibda yo'qotishlar yo'qmi?
-Jamoamizning yetakchi futbolchisi, mamlakat terma jamoasi a'zosi Shohruh Gadoev jarohati bois hozir biz bilan birga emas. Shuningdek, yana bir himoyachimiz Alisher Yusupov viza bilan bog'liq muammolar tufayli Qatarga kelolmadi. Qolgan barcha futbolchilarning sog'lig'i joyida. Ular biz bilan Dohaga kelgan.

 Artur Gevorkyan: -Ertaga yangi mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazami va b uo'yinning ahamiyatini his qilib turibmiz. Raqibning kuchini bilamiz. Maqsadimiz yaxshi o'yin ko'rsatib maqsadga erishish.

 -Pley-off o'yini bir uchrashuvdan iborat ekanligi va uni safarda o'tkazish qiyinchilik tug'dirmaydimi?

-Biz birinchi marta safarda o'yin o'tkazayotganimiz yo'q. Shu sababli murabbiy ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilamiz. Hayajonlanmasdan birchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, faqat g'alaba uchun harakat qilamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz