

"Faoliyatimning yakuniga qadar shu yerda bo'lishni istayman, Dortmundda faoliyatimni yakunlash niyatim bor. Bu borada muzokaralar olib boryapmiz. Balki yaqin vaqtlar ichida yangiliklar bo'lib qolar", - dedi futbolchi jurnalist Alfredo Pedullaga.
33 yoshli futbolchi bilan klub o'rtasidagi kelishuv yozda yakuniga etadi. Oldinroq futbolchi jamoa tarkibidagi 161-golini urib, klub tarixidagi to'purarlar reytingida yetakchilikni qo'liga olgandi.



