Rouz uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2019, 22:10
"Tottenxem" chap qanot himoyachisi Denni Rouz yaqin vaqtlarda PSJga o'tishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi uchun "Shalke" ham poygaga qo'shilgan. "Shporlar" ayni damda Rouzning transferidan 22 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Rouz 2007 yildan buyon "Tottenxem" tarkibida 198 o'yinda qatnashib, 10 gol urdi va 27 golga assistentlik qildi.

Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports