Rossiya Jahon chempionatlarida bir o'yinda 4ta o'zgarish qilgan tarixdagi birinchi jamoa

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2018, 21:22
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov JCH-2018 nimchorak finalida Ispaniyaga qarshi o'yinda qo'shimcha taymda o'zgarish qildi.

97-daqiqada Daler Kuzyaevning o'rniga Aleksandr Eroxin tushdi.

Shu tariqa, Rossiya Jahon chempionatlari tarixida bitta o'yinda 4ta o'zgarish qilgan birinchi jamoaga aylandi.

Keyinroq Ispaniya safida to'rtinchi o'zgarish sifatida Asensio o'rniga Rodrigo tushdi.

Eslatib o'tamiz, FIFA aynan mana shu mundialdan boshlab qo'shimcha taymlarda to'rtinchi o'zgarish qilishga ruxsat bergan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com