Ronaldu Saloh haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 16:21
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, u o'yin uslubi bo'yicha "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salohga o'xshamaydi.

"Biz - boshqa poziciya futbolchilarimiz. Odamlarga meni kim bilandir solishtirish yoqadi, ammo men qolganlarga o'xshamayman. Saloh mendan farq qiladi, u chap oyoqda o'ynaydi, men o'ngda. Bo'yim uzun, u esa pastroq, men bosh bilan o'ynayman.

Biroq bir narsani tan olaman, Muhammad Chempionlar ligasida fantastik o'yin ko'rsatdi va chempionatda mavsumni yaxshi o'tkazdi" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eirsport