

Jahon chempionati birinchi turida Portugaliya Gana bilan o'ynamoqda (3:1). Penalti orqali hisobni ochgan Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida ishtirok etgan o'nta yirik turnirda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Yirik turnirlar safiga Jahon chempionati va Yevropa chempionatlari, Amerika kubogi va Afrika kubogi kiritilgan. kiritilgan. Bu ko'rsatkich orqali Ronaldu Gana futbolchisi Asamoa Gyan rekordini yangiladi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu ushbu goli bilan beshta Jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchiga ham aylangandi.



