Ronaldu: "Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar ekanligimni bilish katta sharaf"

Aslanov Jasurbek
2 may 2016, 18:45
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasiga bo'lgan mehri haqida so'zlab berdi.

Portugaliyalik 93 ta gol bilan turnir tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

"Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar ekanligimni bilish katta sharaf. Bunga erishganimdan juda xursandman. Chempionlar ligasi - ajoyib turnir. "Real" bu musobaqani juda yaxshi ko'radi. Unda ikki marotaba g'olib chiqishga muvaffaq bo'lganman va albata yana g'alaba qozonishni istayman. Bu joriy mavsumda sodir bo'ladi deb umid qilaman. Muxlislar Chempionlar ligasini sevishadi, meni ham ularning orasiga qo'shishingiz mumkin. U o'zgacha" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com