Ronaldu "Chelsi"ga o'tishga qiziqib qoldi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2022
"Manchester Yunayted"ning tajribali hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Chelsi"ga o'tishni istamoqda.

37 yoshli hujumchi transferga qarshi emasligini allaqachon ma'lum qilgan. Shu bilan birga, ESPN nashrining o'z manbalariga tayanib xabar berishicha, "Chelsi" hali rasmiy transfer taklifi bilan chiqish-chiqmasligi haqida bir qarorga kelmagan.

Bundan tashqari, London klubi Ronaldu ishtirokida hujum chizig'ini kuchaytirishiga Tomas Tuxel qarshilik qilmoqda.

Krishtianu o'tgan mavsumda 39 ta o'yinda 24 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN