Ronaldu APL doirasidagi oxirgi 8 uchrashuvda 1 ta gol urdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2021, 23:57
APL 13-turida "Manchester Yunayted" safarda "Chelsi" bilan durang (1:1) o'ynadi.

Mankunianlar forvardi Krishtianu Ronaldu 64-daqiqada maydonga tushirildi, ammo o'ziga ajratilgan vaqtda samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.

Angliya chempionatining so'nggi 8 o'yinida portugaliyalik bor yo'g'i bitta gol urdi – 30 oktyabr kuni "Tottenxem" darvozasiga.

Umuman olganda o'tgan 10 bellashuvda Ronaldu hisobiga 4 ta gol yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru