Ronaldu 5 oy deganda chempionatda gol ura olmadi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al Ahli"ga qarshi o'yinda gol ura olmadi.

Portugaliyalik hujumchi sardorligidagi jamoa 13-turda "Al Ahli"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu orqali 40 yoshli forvard 14 sentyabrdan buyon ilk marta chempionat o'yinida gol ura olmadi. O'sha vaqtdan beri u ketma-ket 9 bahsda raqib darvozasiga yo'l topa olgandi.

Ronaldu ayni damda 12 gol bilan chempionat to'purari bo'lib turibdi. Jamoadoshi Joau Feliksda ham shuncha gol bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia