Ronaldu "Al Nassr"ning "Al Ohdud" ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirdi

12 apr 2026, 09:35
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi 28-turida "Al Ohdud" ustidan (2:0) qozonilgan g'alaba haqida gapirib, muxlislarga murojaat qildi.

"Yana bir qadam olg'a. Bir butun bo'lib, hamjihatlikda harakat qilishimiz lozim. Biz istagan narsaga e'tibor qaratamiz. Biz bilan doim birga bo'lganingiz uchun muxlislarga rahmat", - deb yozib qoldigan Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Krishtianu Ronaldu o'yinning 15-daqiqasida birinchi golni urdi. Bu gol uning faoliyatidagi 968-si bo'ldi.

28 o'yindan keyin Saudiya Arabiya chempionatida "Al Nassr" 73 ochko to'plab, turnir jadvalini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com