Ronaldo: "Ukraina - Fransiya to'qnashuvida Fransiyaga muxlislik qilaman, chunki..."
Tolibjon Qosimov
9 noya 2013, 12:44
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Parijga qilgan safari davomida JCH-2014 saralashi pley-offida Ukrainaga qarshi o'yinda Fransiyaga muxlislik qilishini yashirmadi, deb xabar bermoqda France Football nashri.
"Men Fransiyaga muxlislik qilaman, sababi bu yerda mening juda ko'p do'stalrim bor. Fransiya keyingi yil mundialga chiqib Braziliya bilan uchrashini istayman. Menimcha hozir Braziliya Fransiyadan kuchliroq va biz 1998 yilgi mag'lubiyat uchun alamni olishga qodirmiz", - deydi Ronaldo.