"Roma"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi ma'lum

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2024, 13:52
Rimliklar turinlik futbolchini o'ziga tortmoqchi.

"Yuventus" vingeri Federiko Keza "Roma"ning asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.



Rimliklar "byankoneri" bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Turinliklar futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, biroq kelishuvni uzaytirmagani uchun uni sotishga rozi bo'lishi mumkin.

Avvalroq Keza "Yuventus"dagi mavqeidan norozi ekani xabar qilingandi. Mish-mishlarga ko'ra, unga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira