Roma Nainggolan uchun 7,5 million evro to'lamoqchi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2013, 22:35
Roma Kalyari yarim himoyachisi Radja Nainggolan uchun kurashga qo'shildi.
Rimliklar belgiyalik futbolchiga egalik qilish huquqining yarmi uchun 7,5 million evro berishga tayyorlar.

Roma sport direktori Valter Sabatini Kalyari prezidenti Massimo Chellino bilan uchrashib bo'ldi.

Oldinroq Nainggolanga Milan, Yuventus va PSJ kabi klublar qiziqishayotgani haqida xabarlar chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru