Roys "Real"ga o'tmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2014, 10:00
Dortmundning "Borussiya" klubi yetakchisi Marko Roys faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi, deb xabar bermoqda MercaFutbol nashri.
25 yoshli germaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kabi klublar ham qiziqishmoqda. Lekin Roys uchun "Qirollik klubi"ga o'tish eng yaxshi variant bo'lib turibdi.

Roys hamon "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirgani yo'q. Yaqinda matbuot orqali faqat mavsum so'nggidagina kelishuv borasida muzokara o'tkazishga tayyorligini ma'lum qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru