Robin van Persi: "Vengriyaga qarshi maydonga tushaman deb o'ylamagan edim"

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 13:13
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persi kecha Vengriyaga qarshi o'yinda uchta gol urib jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
U terma jamoada gol urish borasida Klyuyvertdan o'tib ketdi.

- Maydonga tushaman deb o'ylamagan edim. Tavakkal qilishga majbur bo'ldik. Bir kun oldin barmog'imdagi og'riq yo'qoldi. O'yindan oldin murabbiy bilan maydonda bir soat harakat qilishimga kelishib oldik, - deydi van Persi SBS 6 nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net