

“Qo'l ostingizda yaxshi ijrochilar va maydonda aql bilan to'p tepadigan futbolchilar bo'ladiyu De Bryuyne har ikki toifadagi futbolchi sanaladi.
Agar uning maydondagi harakatlarini tahlil qiladigan bo'lsak, Yevropada undan yaxshiroq yarim himoyachini topish juda va juda mushkul. Kevin Gvardiola bilan yaxshi munosabatda. “Manchester Siti”ning o'yinini tomosha qilarkansiz, Kevin jamoasi tarkibida hal qiluvchi o'yinchi ekanligiga amin bo'lasiz. Bu uning yuqori saviyadagi futbolchi ekanligidan dalolat beradi”, deydi Martines.



