

"Mashg'ulot va o'yinlardan rohat olyapman. Shunchaki "Bavariya" uchun yana muhim futbolchiga aylanishni istayman. Biz g'alabali seriyamizni boshlab yuborishimiz kerak.
"Xoffenxaym" - o'z maydonida yopilib oladigan jamoa emas. Ular doimo bosim o'tkazishadi. Biz ehtiyot bo'lishimiz lozim. Maqsadimiz ilk daqiqalardan o'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonish" - deydi Robben.
"Bavariya" va "Xoffenxaym" uchrashuvi 22 agust kuni 18:30da boshlanadi.



