“Rio-2016” o'yinlarida futbol uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionlar nomi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2015, 12:30
“Rio-2016” o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi futbol bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi uchrashuvlar o'tadigan stadionlarning yakuniy ro'yxatini tasdiqladi.

Unga ko'ra Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqalari Rio-de-Janeyroning “Marakana”, Manausning “Amazoniya”, Belu-Orizontining “Mineyrau”, Brazilianing “Mane Garrincha”, Salvadorning “Fonte-Nova” va San-Paulu shahrining “Korintians” stadionlarida o'tkaziladigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ushbu stadionlarda 2014 yilgi jahon chempionati bahslari ham bo'lib o'tgan.

Yana bir ma'lumot. 18 avgust kuni Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) Olimpiada o'yinlarida sportcha yurish bo'yicha musobaqalar Rio-de-Janeyroning Flamengo istirohat bog'idan Pontal municipalitetiga ko'chirilganligini tasdiqladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olympic.uz