Riberi: "Real"ga qarshi revansh haqida o'ylamayapmiz, Fransiya terma jamoasiga esa qaytmayman"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2015, 15:48
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberining hisoblashicha, uning jamoasi bu mavsumda Chempionlar ligasida g'olib bo'la oladi.

"Bavariya" deyarli xar yili Chempionlar ligasida g'alab qozona oladi. Agar barcha futbolchilar safda bo'lsa, biz juda kuchlimiz. Gap revansh haqida ketayotgani yo'q. "Real"ni shunchaki mag'lub etish kerak.

Men o'z yurtim terma jamoasida o'ynashdan baxtli edim, ammo alamli holatlar ham bo'ldi. Buning hammasi ortda qoldi, endi terma jamoaga qaytmayman" - deydi Riberi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com