Riberi Bundesligaga qaytishga tayyor

Mirjalol Normatov
20 yanv 2021, 22:30
"Fiorentina" futbolchisi Frank Riberi Bundesligaga qaytishga tayyorligini bildirdi.

"Ayni damda bor e'tiborim "Fiorentina"ga qaratilgan, men jamoaga kerakman. Biroq bu yerdagi faoliyatimni yakunlaganimdan keyin, Bundesligaga qaytishga tayyorman", - dedi Riberi.

37 yoshli futbolchi florenciyaliklar tarkibida 37 o'yinda qatnashdi va 3 gol va 7 assist qayd etdi. Bunga qadar u 12 yil davomida "Bavariya" safida faoliyat olib bordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild