“Real” Zidanning qaytishiga umid qilmoqda

“Goal” nashriga ko'ra, “Real” Joze Mourinyoni qaytarmaydi.

“Qirollik klubi” Joze Mourinyoni ko'p muddatga ortga qaytarmoqchi emas. Ma'lum bo'lishicha, Joze jamoani mavsum yakuniga qadar boshqarish uchun klubga chaqirilishi mumkin. Bunda uning ishsizligi muhim rol o'ynashi mumkin. Madridliklar bungacha esa Zinedin Zidanni klubga qaytarishga harakat qilib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, “Real” Zidan qo'l ostida ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgandi.


Manba: Goal.com